Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Azizbek Ikramov Fargʻona shahridagi kriminogen vaziyati ogʻir – “qizil” toifaga kiruvchi mahallalarda boʻlib, mahalla “beshligi” faoliyati bilan tanishdi, “xonadonbay” oʻrganishlar olib bordi. Bu haqda viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, shahardagi “Beshbola” mahallasini aylangan boshqarma boshligʻi profilaktik inspektori va mahalla faollari hamkorligini tahlil qildi. Hududni “sariq” va “yashil” toifaga oʻtkazish borasida zarur tavsiyalar berdi. Xonadonlarga kirib, aholi muammolarini oʻrgandi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
