Oʻtgan yil 31-may–1-iyun kunlari Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashriflari chogʻida Prezidentimizning tashabbus va topshiriqlari asosida Gʻijduvon tumani tarixida yangi sahifa ochildi. U ulkan imkoniyatlar, strategik rivojlanish va zamonaviy infratuzilmaning yorqin ramziga aylandi. Yaʼni, tumanning “Baraka” massivigacha 28 kilometr uzunlikdagi yangi temir yoʻl yoʻnalishi barpo etildi. Mazkur yoʻnalish zamonaviy logistika tizimining muhim boʻgʻini sifatida tumanni mamlakat va mintaqaviy bozorlar bilan yanada samarali bogʻlaydigan mustahkam koʻprik vazifasini oʻtaydi.

Endilikda “Gʻijduvon erkin iqtisodiy zonasi”ga toʻgʻridan-toʻgʻri temir yoʻl orqali yetib borish imkoni yaratildi. Bu esa ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy va xorijiy sarmoyalar uchun keng yoʻl ochish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda tuman iqtisodiy salohiyatini sezilarli darajada yuksaltirishga xizmat qiladi. 

Habib JUMAYEV, 

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.