Yaqinda Chirchiq shahar hududidan oqib oʻtuvchi kanal yoqasida oʻzini shubhali tutgan shaxs tungi xizmatga jalb qilingan xodimlarning eʼtiborini tortadi.

Shundan soʻng u, osoyishtaligimiz posbonlari tomonidan toʻxtatilib tekshirilganida, yonidan 21 dona sariq polietilen xaltachalarda qadoqlangan giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida mazkur kimsa, yana 4 dona xuddi shunday xaltachalarda qadoqlangan zahri qotilni ushbu hududga yashirganligi va keyinroq ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali sotmoqchi boʻlganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.