Xorazm viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Qoradori-2022” tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichida giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq boʻlgan bir qator jinoyatlar fosh etildi.
Jumladan, joriy yilning 4 avgust kuni viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Urganch tumanida yashovchi M.O. tuman markazida tanishi T.U.ga 2 ta qadoqdagi “geroin” giyohvandlik vositasini 600 ming soʻmga sotayotgan paytida ashyoviy-dalillar bilan qoʻlga olindi.
Bundan tashqari, shu yilning 6 avgust kuni Urganch tumanidagi “Cholish” blok postida xizmat vazifasini oʻtayotgan ichki ishlar organlari xodimlari Urganch tumanida yashovchi F.X. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinani toʻxtatib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirganida, uning salonida 1,89 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi maʼlum boʻldi.
Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
