“Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” tezkor-profilaktik oyligi doirasida Urganch shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan Urganch davlat universiteti talabalari ishtirokida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiyati va kelajagiga koʻrsatadigan salbiy taʼsiri, shuningdek, ularning noqonuniy aylanishi uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan suhbat yoshlarni sogʻlom turmush tarziga undash, zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.
Oʻz muxbirimiz,
Xorazm viloyati
