Shu maqsadda kuni kecha Buxoro viloyati mintaqasida guruh bahslari oʻtkazildi. Unda IIV Qorovul qoʻshinlari, Jizzax, Samarqand, Navoiy hamda mezbon sifatida ishtirok etgan Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmalarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bellashishdi.
Musobaqa juda qizgʻin va maroqli kechdi. Bellashuvlarda faxrli birinchi oʻrin IIV Qorovul qoʻshinlari jamoasiga nasib qildi. Keyingi oʻrinlarni Jizzax hamda Buxoro viloyatlari ichki ishlar boshqarmasi jamoalari egallashdi.
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Sh.SAFAROVA,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
