Bogʻot tumanidagi 14-musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston Respublikasi xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Uning ishtirokchilari 9 ta nominatsiya boʻyicha oʻzaro bahs olib borishdi.

 Qizgʻin va murosasiz kechgan bellashuvlarda “Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasida Bogʻot tumani IIB xodimasi, katta leytenant Zuhra Tillaboeva gʻolib chiqdi. Shuningdek, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiyasida tumandagi “Oʻzgarish” mahallasida yashovchi tadbirkor Rohatjon Xudayberganova, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasida tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari Muhabbat Abdullaeva, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasida Ruxiya Sapaeva, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi” nominatsiyasida “Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻini raisi oʻrinbosari Nargiza Abdullaeva, “Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasida Qurbonbika Ollaberganova, “Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasida 36-umumtaʼlim maktabi direktori Maysara Xudayberganova, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi” nominatsiyasida 3-umumtaʼlim maktabining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Ruxsora Abdullaeva, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori” nominatsiyasida tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi shoʻba mudiri Shaxnoza Matyoqubovalar gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.   

  Tanlov gʻoliblari Bogʻot tumani hokimligi tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

                                                                       Murodbek ZARIPOV,

                                                                                    mayor.

                                                                            Xorazm viloyati.