Yaqinda sportning ushu turi boʻyicha Markaziy Osiyo chempionti boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimiz vakillaridan tashqari, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalaridan jami 400 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.

Haqiqiy vatanparvarlik ruhida oʻtgan ushbu bellashuvlar davomida oʻzining mahoratini barchaga namoyish etgan IIV Malaka oshirish instituti tinglovchilari, safdorlar A. Soatov va J. Nomozov 75 va 90 kg. vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, I. Ortiqov 100 kg.dan ortiq vaznda 2-oʻrinni, V. Omonov va Sh. Islomov esa, 65 va 85 kg. vaznda bronza medaliga loyiq topildi.

Bunday yutuqlarga erishgan tinglovchilar ham mazkur taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan munosib tarzda taqdirlandi.

Murodxon TOʻRAYEV,

podpolkovnik.