Urganch shahridagi “Namangan” koʻchasida “Neksiya” rusumli avtomashinasini qoldirgan S. Karimboy shoshilgancha doʻkonga kirib ketadi. Avtomobilʼ eshigining qulflanmaganligini koʻrgan M. Turgʻun hamda uning sherigi R. Oʻtkirlar bir zumda “Neksiya” salonidagi 10 million soʻmni oʻgʻrilab, koʻzdan gʻoyib boʻlishdi. 

Oradan biroz vaqt oʻtib, xarid uchun mashinadagi pulni olishga chiqqan S. Karimboy hayratdan yoqa ushlaydi. Chunki, pullar joyida yoʻq edi. Shunda u darhol shahar IIOFMBga yordam soʻrab murojaat qiladi. 

Osoyishtalik posbonlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchilar ashyoviy-dalillar bilan qoʻlga olinib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 Xudoybergan JABBOROV,

 “Postda” muxbiri.