Buxoro tumanining “qizil” toifaga kiritilgan Gulshanobod mahallasida viloyat IIBning yigʻma otryadi tomonidan jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida 60 ta savdo doʻkoni va boshqa savdo obyektlari egalari bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi, targʻibot bukletlari, profilaktika inspektori tashrif qogʻozlari tarqatildi. 22 ta oiladagi nizo va ajrim sabablari oʻrganildi va ular bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, sogʻliqni saqlash muassasasi hisobida turgan 5 nafar spirtli ichimlikka ruju qoʻygan va 13 nafar ruhiy kasallarning xonadoniga tibbiyot xodimlari bilan borilib, ularning sogʻligʻidan xabar olindi. Firibgarlik va oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olish maqsadida qassobchilik, mol tashuvchilik va mol olib sotish bilan shugʻullanuvchi 12 nafar, muqaddam sudlangan 24 nafar shaxslar bilan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. 

Mahalla hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 50 nafarga yaqin qoidabuzar haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 25 ta avtomashina qarzdorligi boʻyicha jarima maydonchasiga joylashtirildi.


M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.