Koson tumani markaziy shifoxonasi roʻparasida oʻrnatilgan svetoforning qizil chirogʻida “Lada largus” avtoulovi toʻxtab turgan vaqtda tumanning “Mashʼal” MFYda yashovchi fuqaro Oʻ.T. boshqaruvida boʻlgan “Tiko” orqa tomonidan kelib urishi natijasida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi.

Tuman IIB JXX YHXB inspektori, katta serjant O.Suyunov voqea joyiga yetib bordi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdi. Mastlik holatini aniqlash boʻyicha haydovchi Oʻ.T. tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilganida esa, uning mastlik darajasi ogʻir ekani aniqlandi. Tabiiyki, bu holat ham rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.

Oradan bir necha oʻtgach, oʻzini Oʻ.T.нинг yaqin doʻsti ekanligini aytgan fuqaro D.N. toʻplangan hujjatlarni sudga oshirmaslik va hech qanday chora koʻrmaslik evaziga inspektorga 400 AQSH dollari miqdorida pora taklif qiladi...

Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro D.N. katta serjant O.Suyunovga 400 AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tizimda koʻp yillardan beri vijdonan xizmat qilib kelayotgan katta serjant O.Suyunov yana bir oʻzining xizmat burchiga, qasamyodiga sadoqatini namoyon etdi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.