Qarshi shahridagi harbiy shaharchada viloyat IIB patrulʼ-post, yoʻl-patrul xizmatlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi bilan Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonini oʻqib-oʻrganishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. 

Oʻquv seminarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatni oʻtash masalalarini yanada takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning majburiyatlarni bajarish vaqtidagi huquq va majburiyatlarini, ichki, garnizon va qorovullik xizmatlarini tashkil etish boʻyicha tartib va qoidalarni belgilash, shuningdek, harbiy intizom va huquq-tartibotni mustahkamlash masalalari aniq-ravshan koʻrsatib berilgani aytildi. 

Seminarda Ichki xizmat nizomi haqida oʻquv yigʻini qatnashchilarning kasbiy bilim va koʻnikmalari boyitilib, ishtirokchilarning nazariy va amaliy bilimlari oshirildi. Shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilik talablari, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga toʻliq amal qilish, korrupsiya holatlariga murosasiz boʻlish, yoʻl-transport hodisalari oldini olish, fuqarolar bilan muomala madaniyati va boshqa qator muhim masalalar borasida atroflicha ishtirokchilarga yoʻriqnoma berildi.

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.