Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarining ofiserlik va safdorlik lavozimlariga tanlov asosida xizmatga qabul qilingan xodimlar bilan boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kurslari muntazam tashkil etib kelinmoqda. 

Masʼul xodimlar tomonidan olib borilayotgan boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv kursi mashgʻulotlari tegishli mavzular boʻyicha tayyorlangan oʻquv materiallari va koʻrgazmali qurollar yordamida zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda oʻtkazilmoqda. Xususan, oʻquv kurslarida ishtirok etayotgan xodimlarga “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”, “Oʻq otish tayyorgarligi boʻyicha qurol qoʻllash shartlari va huquqiy asoslari”, “Maxsus vositalar va aloqa tayyorgarligi”, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari” mavzulari doirasida mashgʻulotlar olib borildi. 

Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil tushunchalar berildi. 

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.