Kun qahramoni

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB PPX bataloni maxsus otryadi inspektori, safdor Sohib Hamroyev 2018 yilda batalonning 2-otryadida haydovchi xodim sifatida xizmatni boshlagan edi. Ustozi podpolkovnik Anvar Hamidovdan sohaning sir-asrorlarini puxta oʻrganib, tajribasini boyitib bormoqda.

Safdor S. Hamroyev oʻtgan yil davomida turli huquqbuzarliklar sodir qilgan hamda shubha ostiga olingan 300 dan ortiq fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlariga olib kelgan. Shuningdek, oʻtkazilayotgan “Qidiruv” tadbirlarida ham faol ishtirok etib, muqarrar jazodan yashirinib yurgan kimsalarni qoʻlga olishda jonbozlik koʻrsatyapti.

Lavhamiz qahramoni yaqinda “Toshmachit” mahallasida xizmat olib borayotganda bir shubhali shaxsni toʻxtatib, planshet orqali tekshirish jarayonida qidiruvda boʻlgan “Piridastgir” mahallasida yashovchi Q.R. ekanligini aniqladi. Shu tariqa, qochoq jinoyatchi qoʻlga olindi.  

 Safdor Sohib Hamroyev xizmat faoliyatida koʻplab ana shunday hushyorlik namunalarini namoyon etib, hamkasblariga oʻrnak boʻlmoqda. 

Mirzoqul AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.