Navoiy viloyatida probasiya nazorati ostidagi mahkumlar qayta jinoyatga qoʻl urmasliklari, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Karmana tumani IIB JXX Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar uchun hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Natijada aksar mahkumlar ish bilan taʼminlandi. Shu kuni tashkil etilgan sayyor sudda esa bir guruh mahkumlarning ishi qayta koʻrildi.
– Mahkumlarni nazorat qilish davomida ularni xulq-atvorini, mehnatga munosabatini, qilmishidan pushaymonligini ham inobatga olamiz. Bugungi sayyor sudda qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan karmanalik 19 nafar mahkum muddatidan oldin jazodan ozod etildi, – deydi katta leytenant Shaxboz Narziyev.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati.
