Viloyat IIBda ayol xodimalar ishtirokida hamkorlikda samarali ish olib borishni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi. Unda ayol xodimalar, ichki ishlar hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmalari masʼullari, Senat aʼzolari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – viloyat IIB Xotin-qizlar kengashi raisi, podpolkovnik Sh.Safarova ayol xodimalarning turli davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlari, yutuq hamda kamchiliklar yuzasidan soʻz yuritdi. Soʻng Senat aʼzosi, Inson huquqlari boʻyicha (Ombudsman) Buxoro mintaqaviy vakili, professor A.Xuseynova tomonidan davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston fuqarolariga yoʻllagan murojaatnomasida bildirilgan fikr-mulohazalar birma-bir tushuntirildi. Shuningdek, viloyat hokimi oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi F.Ibragimova hamda Buxoro Muhandislik texnologiya instituti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, professor G.Yunusovalar maʼruzalar qilishdi.

Feruza TOShEVA,

katta leytenant.

Buxoro viloyati.