Yangiariqlik P. Karomat (voqea ishtirokchilarining ismlari oʻzgartirilgan) hamqishloqlari T. Gulmira hamda V. Salimalarning ishonchiga kirib, ularga arzon narxda oʻsimlik yogʻi olib berishni vaʼda qiladi. Uning soʻzlariga ishongan ayollar 111 million soʻm miqdoridagi pullarni berishadi. Afsuski, harom luqma yeyishga odatlangan bu firibgar hamqishloqlariga yogʻ mahsulotlarini bermasdan, pullarni oʻz ehtiyoji yoʻlida sarflab yuboradi.

  Hozirda mazkur holat yuzasidan P. Karomatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

                                        Xudoybergan JABBOROV,

                                            “Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.