Joriy yilning 22-mart kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududida unutib qoldirilgan hamyon topib olindi.

Xodimlar ushbu hamyonning egasini aniqlash va unga bu shaxsiy mulkini qaytarish maqsadida hududdagi kuzatuv kameralari videoyozuvlari orqali oʻrganish ishlarini olib borishdi. Natijada ushbu hamyon Bangladesh davlatidan tashrif buyurgan sayyohga tegishli ekanligi aniqlanib, egasiga topshirildi.  

Sayyoh hamyonini topib berishda yordam bergan viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Marat XUDOYBERGANOV,

podpolkovnik.

Xorazm viloyati.