Viloyat IIB JXX YHXB masʼullari mahallalar hududida harakat xavfsizligini taʼminlashning “mahallabay” tizimi boʻyicha targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelishmoqda. Yaqinda xuddi shunday tadbir Buxoro shahrining “Navroʻz” mahallasida oʻtkazildi.
Tadbir davomida mahalla hududida yoʻl infratuzilmasidagi mavjud kamchiliklar oʻrganilib, kvadratga biriktirigan maʼsul xodimlarga kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar xususida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahalla hududida yashovchi qoʻpol qoidabuzarlik sodir etgan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazdi. Bundan tashqari, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror boʻyicha mahallada amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilib, zarur tavsiyalar berildi.
M.AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
