Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni IIV Xalqaro aeroportlarda xafvsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7256-sonli harbiy qismda ham unutulmas taassurotlarga boy tarzda tashkil etildi. Erta tongdan barcha harbiy xizmatchilar xizmatga farzandlari bilan tashrif buyurishdi. Bolajonlar uchun konsert dasturlari, batut gimnastik oʻyini, shashka, shaxmat, stol tennisi oʻyinlari tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga muzqaymoqlar ulashildi. Tadbirda ishtirok etgan barchaning koʻngli oʻzgacha bir quvonchga, baxtga toʻldi.
Gʻayratjon Samadov,
kapitan.
