IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari tasarrufidagi Urganch shahrida joylashgan 7260-harbiy qismda qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik Sh. Xudaynazarov hamda Urganch harbiy prokurori, adliya podpolkovnigi U. Nizamovlar tomonidan ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda 140 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari ishtirok etib, oʻzlarining turli muammo, talab va istaklarini bildirishdi.
Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan sayyor qabulda jami 54 ta murojaat qabul qilindi. Ulardan 27 tasi joyida ijobiy hal etildi, 19 tasi tegishli tartibda oʻrganish uchun nazoratga olindi. Qolgan 8 ta murojaatga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Juratbek OTAJONOV,
Harbiy qism komandiri oʻrinbosari, podpolkovnik.