IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy xizmatchilarining jangovar tayyorgarligi va kasbiy malakasini oshirish maqsadida dala-oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Bunda harbiy xizmatchilar IIV Malaka oshirish institutiga qarashli dala oʻq-otish maydonida PM va AK-74 jangovar qurollar bilan belgilangan amaliy oʻq-otish mashgʻulotini amalga oshirishdi.
Mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar jangovar tayyorgarlik boʻyicha egallagan nazariy bilimini amaliyotda qoʻllab, oʻz mahoratini namoyish etishdi. Har bir harbiy xizmatchining natijalari sarhisob qilindi.
Albatta, bunday amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish harbiy xizmatchilarning oʻq-otar qurolga nisbatan koʻnikmasini hosil qilishga, uni jang maydonida mohirona qoʻllay olish qobiliyatini shakllantirishga va doimiy jangovar shay holatda boʻlishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻ. Musurmonqulov,
podpolkovnik.
