Yaqinda Pop tumani Uygʻursoy shaharchasida joylashgan maʼnaviyat va maʼrifat markazida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7552-harbiy qism qoʻmondonligi, Namangan harbiy prokuraturasi hamda mazkur tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, xalq banki va boshqa tashkilotlar hamkorligida sayyor qabul oʻtkazildi. 

Ona Vatanimiz osoyishtalik posbonlarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan ushbu qabulda 20 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari oʻzlarini qiynayotgan masalalar boʻyicha mutasaddilarga murojat etishdi. Muammolarning 18 tasi shu joyning oʻzida ijobiy hal qilinib, 2 tasi boʻyicha esa, huquqiy tushuntirishlar berildi.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.