Joriy yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi Referendumini oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan 143-referendum uchastkasida ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtdi. Harbiy xizmatchilar bu jarayonda faol ishtirok etishdi. Oʻzlarining fuqarolik huquqidan foydalangan saylovchilar yakdillik bilan ovoz berib, mamlakat taqdiriga befarq emasliklarini namoyish etishdi.

B. Moʻnisov,

podpolkovnik.