IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7256-harbiy qismda yoshlar oyligi doirasida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi. Muddatli harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini oshirish, bilimini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada harbiy xizmatchilardan iborat 4 ta jamoa oʻzaro bellashdi. Bahslar 20 ta savol boʻyicha ikki bosqichda olib borildi.

Murosasiz kechgan bahsda uchinchi oʻrinni “Lochin” jaomasi, ikkinchi oʻrinni “Posbonlar”, mutloq gʻoliblikni esa “Qalqon” jamoasi qoʻlga kiritdi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.

Gʻayratjon Samadov, 

kapitan.