Buxoro viloyati IIB JXX YHXB masʼullari yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yuk avtomobillari bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga eʼtibor qaratishdi. Buxoro shahridagi yirik yuk tashuvchi avtokorxonalarda faoliyat koʻrsatib kelayotgan haydovchilar oʻrtasida nazorat tadbirlari kuchaytirildi. Shu bilan birga, masʼullar haydovchilarga yoʻlda harakatlanganda yoʻl harakati, yuk tashish qoidalariga amal qilishlari borasida tushuntirishlar berib oʻtilmoqda.

M.AHADOV,

“Postda” muxbiri.

Buxoro viloyati.