2021 yilning 26 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali qora rangli “Lasetti” rusumli transport vositasi yoʻlning qatnov qismidagi “xurmacha qiligʻi” aks etgan video tarqaldi. Shu kuni Toshkent shahar YHXB tomonidan ushbu haydovchiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan va avtomashina YPX inspektorlari tomonidan qoʻlga olingan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 19 dekabr kuni taxminan soat 02:00 larda, 1999 yilda tugʻilgan S. J. boshqaruvidagi qora rangli “Lasetti”da Olmazor tumani Nurafshon-Qorasaroy koʻchalari chorraha kesishmasida yoʻlning oʻrtasida “drift” qilib, yoʻl harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlar sodir etgan. Avtomashinani tekshirish jarayonida qonunda koʻzda tutilmagan ruxsatsiz tovush kuchaytiruvchi moslama oʻrnatilgani ham aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan qonunda koʻrsatilanidek maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.