Chiroqchi tumani Madaniyat markazida tuman hokimi Fayzulla Yusupov va sektor rahbarlari profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda profilaktika inspektorlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha tahlil etildi. Tumanda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, hududlarda “Obod va xavfsiz mahalla” tizimida ishlarni tashkil etish, profilaktika inspektorining ishini yengillashtirish va ish natijadorligini oshirish borasida takliflar oʻrtaga tashlandi.
Yakunda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sodiq RAHIMOV,
oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
