Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari bilan muloqot oʻtkazdi. Tadbirda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov va boshqa masʼullar soʻzga chiqdilar. Yigʻilishda qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, soha vakillariga qulay xizmat sharoitlari yaratish, joylarda huquq-tartibot maskanlarini barpo etish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
