Gʻijduvon tumani hokimi Sh.Ashurov tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tartib-intizom, qonunlarga hurmat, aholi osoyishtaligining mahallada toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi zarurligini taʼkidladi. Soʻngra profilaktika inspektorlari faoliyatidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida oʻz xizmat vazifasini sidqidildan bajarib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlar hokimning tashakkurnomasi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
M.AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
