IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda uning joylardagi muassasalari tomonidan hududlarni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Yaqinda departamentning 4-mintaqaviy hududi muvofiqlashtirish markazi va 3-sonli Jazoni ijro etish koloniyasi xodimlari hududdalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishdan tashqari, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali hovlisiga homiylik asosida 155 ta daraxt koʻchatini ekishdi.
Bu xayrli ish uchun tibbiyot markazi filiali rahbariyati, xodimlari va bemorlar oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.
Roʻzimurod XURRAMOV,
podpolkovnik.
Qashqadaryo viloyati.