Ayni kunlarda yurtimizda akademik liseylar va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Barkamol avlod – 2021” sport oʻyinlarining respublika final bosiqchi boʻlib oʻtmoqda. Yoshlar sportning 12 ta turi, yaʼni yengil atletika, kurash, dzyudo, badminton, belbogʻli kurash, shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, gandbol, futbol, basketbol boʻyicha kuch sinashmoqda.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, har bir sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqaga muayyan hudud mezbonlik qiladi. Jumladan, dzyudo boʻyicha bahslar Qoraqalpogʻistonda, kurash boʻyicha bellashuvlar Buxoroda, yengil atletika musobaqalari Jizzaxda tashkil etildi.
Mazkur musobaqalarda IIV Jizzax akademik liseyi oʻquvchilari ham muaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Chunonchi, Hamdambek Mahammatqulov yengil atletikaning balandlikka sakrash boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, milliy kurash boʻyicha uyushtirilgan musobaqada Navroʻz Suyunov kumush, Sevinch Yoʻldosheva esa bronza medali sohibi boʻldi. Umuman olganda “Barkamol avlod – 2021” sport oʻyinlarida qatnashayotgan Jizzax viloyati terma jamoasi tarkibida IIV Jizzax akademik liseyining 40 nafar oʻquvchisi bor.
Umid Toʻychiev,
IIV Jizzax akademik liseyi yoshlar yetakchisi.
