Mahallalarni xavfsiz hamda jinoyatchilikdan holi xududga aylantirish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan doimiy ravishda keng qamrovli profilaktik uchrashuvlar, targʻibot tashviqot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Xususan, Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan uchrashuvlarda aholiga jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda zamonaviy qoʻriqlashning texnik vositalari, videokuzatuv kameralarining natijadorligi, qoʻriqlash xizmati turlari hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlarning imkoniyatlari haqida soʻz yuritilib, taklif etilayotgan “aqlli uy” loyihasi xususida maʼlumotlar berib borilmoqda. 

Jamoatchilikning fikr mulohazalari asosida mahallalardagi mavjud koʻcha, yoʻlaklarni namunali va xavfsiz etish borasida rejalar belgilanib amaliy ishlar tashkil etilgan. 

Koʻp qavatli uylarning kirish qismlariga tashvish tugmalari oʻrnatilib, koʻcha va yoʻlaklar kuzatuv kameralari bilan bosqichma bosqich jihozlanmoqda. Shuningdek, mahallalar va unga tutash hududlardagi obyektlar, bozorlar va savdo markazlarida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida qoʻriqlashning texnik vositalari bilan jihozlanib, bu orqali hududni onlayn rejimda nazorat qilish imkoniyati yaratildi va kechayu kunduz xavfsizligi taʼminlanmoqda. . 

Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi doirasidagi amaliy ishlar mahallalar kesimida Qoʻriqlash Departamenti tomonidan “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ustuvor vazifa” shiori ostida davom etmoqda.