IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda qoʻshin tarkibidagi 7251-sonli harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan proflaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari, adliya polkovnigi Bahodir Xudoyberdiyev va Toshkent Harbiy prokurori, adliya polkovnigi Otabek Xolboyev ishtirok etdi. Qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik Shokirjon Xudoynazarov tadbirni ochar ekan, huquqbuzarliklarning oldini olish dolzarb vazifa ekanligini, bunday salbiy holatlar nafaqat oʻsha tuzilma, balki butun tizimga isnod keltirishini taʼkidlab oʻtdi. Tadbirda mehmonlar ham soʻzga chiqib, shaxsiy tarkibga sodir boʻlayotgan qonunbuzilish holatlari, jinoyatlar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumot berishdi. Bunday salbiy holatlar harbiy qismlarda yuz bermasligi uchun oddiy askardan tortib yuqori rahbarlargacha qonuniylikka va intizomga qatʼiy amal qilishi lozimligi aytib oʻtildi. Tadbir yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Foziljon Mamasharipov,
“Postda” muxbiri.