IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7256-harbiy qismda pensiyaga kuzatuv tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda koʻp yillar sohada xizmat qilgan katta serjant Asliddin Nurov Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilib, pensiyaga kuzatildi.

Harbiy qism komandiri, podpolkovnik SH.Abdurahmonov A.Nurov xizmat faoliyati davrida oʻzining mehnatsevarligi, tirishqoqligi bilan yosh harbiy xizmatchilarga namuna boʻlganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, tadbir davomida endilikda faxriy harbiy xizmatchiga doʻppi va toʻn kiydirilib, xizmatdosh doʻstlari, yosh harbiy xizmatchilar tomonidan hurmat-ehtirom koʻrsatildi.

Oʻz muxbirimiz.