Poytaxtimizning Yangihayot tumani “Chorbogʻ” mahallasida faoliyat yuritadigan profilaktika inspektori, leytenant Shohrux Amriddinov hushyorligi natijasida tungi paytdagi xizmati davomida bir jinoyatni “issiq izida” fosh etishga muvaffaq boʻldi. Yaʼni u shahrimizda davom etayotgan giyohvandlikka qarshi kurashish “dolzarb” oylik munosabati bilan oʻtkazilayotgan tadbir chogʻida oʻziga biriktirilgan mahalla hududida joylashgan eski-tuski sotiladigan bozorcha hududida bir shaxsning oʻzini beja tutayotganini payqaydi. Ushbu J.I. ismli kimsa xolislar ishtirokida tekshirilganida uning yonidan selofan paket ichida oʻtkir hidli, yashil rangli modda va tibbiyotda ishlatiladigan shpris borligi aniqlanadi. Holat yuzasidan tegishli hujjat rasmiylashtirilib, IIOFMB navbatchilik qismiga topshiriladi. Qahramonimiz 1994-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oilali bir nafar farzandi bor.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
