Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Samarqandda IIB boshliqlari otaligʻida boʻlgan maktablar bilan tanishdi, deya xabar qiladi Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Unda barcha taʼlim maskanlarida yangi oʻquv yili munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari oʻtkazilgani qayd etilgan. Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Yahyojon Abdulhaqov hamda Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shavkat Raxmonovlar viloyat uchinci sektorlari hududida joylashgan IIB boshliqlari otaligʻidagi maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, maktablarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, kutubxonalar fondi, oʻquv sinflar holati bilan tanishgani haqida soʻz yuritilgan.

Shuningdek, maktab maʼmuriyati bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganilib, oʻquvchilarni yetarlicha taʼlim va tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish lozimligi boʻyicha sektor rahbarlariga vazifalar qoʻyilgan.

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA, 

«Postda» muxbiri.

Samarqand viloyati.