Uchqʼoʻrgʻon tumani IIB xodimlari tashabbusi bilan tumandagi 6-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internati oʻquvchilari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

Dastlab oʻquvchilar boʻlimda tashkil etilgan muzeyini koʻzdan kechirib, navbatchilik qismi, tergov boʻlinmasi hamda ekspert-kriminalistlarining kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan soʻng oʻquvchi yoshlar tuman IIB rahbariyati bilan uchrashib malakali xodimlardan jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, diniy ekstremizm toʻgʻrisida keng tushunchalar olishdi.

Ushbu tadbirdan oʻquvchilar katta taassurotlar olishdi.

G. Buvamirzayeva,

oʻz muxbirimiz.