Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Qoraqalpoq akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi Kurmanbek Muratov 2023-yilda akademik litseyning 1-bosqichiga qabul qilindi. U akademik litseyga qabul qilingan kundan boshlab oʻqishga qiziqishi, odob-axloqi, talabchanligi bilan oʻz tengdoshlariga namuna boʻlib va litseyda oʻtkazib kelinayotgan turli tadbirlarga, koʻrik tanlovlarga qatnashib kelmoqda.

K.Muratov maktabda olgan bilimlarini akademik litseyda mustahkamlab, tajribali pedagoglar tomonidan dars mashgʻulotlarini puxta egallab, ingliz tilidan C1 darajadagi milliy sertifikat olishga erishgan boʻlsa, 2024-yil akademik litsey, professional taʼlim muassasalari va umumiy oʻrta taʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan III bosqich fan olimpiadasida rus tili va adabiyoti fanidan faxrli 1-oʻrinni egalladi hamda fan olimpiadasining Oʻzbekis­ton Respublikasi boʻyicha IV bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

K.Muratovning kelgusida oʻz kasbining mohir ustasi boʻlib yetishishiga ishonchimiz komil.