– Asosan muammolari bor oilalarni oʻrganib, ular bilan suhbat olib borgach, mavjud vaziyat haqida ijtimoiy profilaktika boʻyicha tashkil etilgan maxsus platformaga oʻz xulosalarimni yozib yuboraman, – deydi katta leytenant Qahramon Moʻminov. – Xulosalar asosida esa tegishli masʼullar, mahalla faollari, hokim yordamchisi muammolarni bartaraf qilishga yaqindan koʻmaklashishmoqda. 

Mahallada aholi gavjum joylarga 20 dan ortiq kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Ular tuman IIBga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilingan. Buning natijasi oʻlaroq, mahallada xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar, muqaddam sudlanganlar tomonidan jinoyat sodir etilmadi.

Mahalla fuqarolarini jipslashti­rish oson emas. Lekin maqsadlar mushtarak boʻlsa, buni uddalash mumkin. Qahramon Moʻminov mahalla raisi va faollari bilan birgalikda aholini bir maqsad yoʻlida kura­shishga undashga harakat qilmoqda. Oʻtgan yili mahalla hududidagi barcha ichki koʻchalar asfalt qilindi. 

Yaqinda IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshligʻi, polkovnik B.Berdialiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan viloyatdagi ijtimoiy profilaktika holatini oʻrganildi. Bunda «Yoʻlchi» mahallasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlar tahlili koʻrib chiqildi. Mahallada uyma-uy yurish tartibi, yoshlarning masʼullarga biriktirilishi, umuman, ijtimoiy profilaktika ishlari toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani alohida eʼtirof etildi. 

Muhimi, mahallada osoyishtalik hukmron. Odamlarda profilaktika inspektoriga nisbatan munosabat ijobiy. Chunki uning katta-yu kichikka birdek yordami tegyapti.

Feruza RAHMONQULOVA,

oʻz muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.