IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7551-harbiy qismda korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida koʻplab saʼy-harakatlar olib borilayotir. Jumladan, yaqinda shaxsiy tarkib oʻrtasida poraxoʻrlik va tamagirlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish hamda xizmat jarayonida yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Unda soʻz olganlar mazkur qilmishlarni sodir etishning ayanchli oqibatlarini harbiy xizmatchilarga batafsil tushuntirib, ularni ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga daʼvat etishdi. Oʻz navbatida yurt posbonlari ham xalqimiz tomonidan oʻzlariga bildirilgan yuksak ishonchni doimo oqlashga tayyor ekanliklarini bildirib oʻtishdi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
