Mamlakatimizda Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan, yoshlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, barcha toifadagi rahbarlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning muammosini hal etishga individual ravishda yondashilmoqda.
Toshkent shahar IIBB boshligʻi, general-mayor Aziz Toshpoʻlatovga poytaxtimizdagi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan 66 nafar yoshlar biriktirilgan boʻlib, har birining xonadoniga borildi va ular bilan yakka tartibda ishlar tashkillashtirildi. Jumladan, sogʻligʻida muammosi bor yoshlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, malakali mutaxassislar tomonidan tavsiyalar berildi. Davolash rejasi ishlab chiqildi, stasionar davolanishga muhtojlar uchun order rasmiylashtirildi.
Shuningdek, ayrim yoshlarga maxsus kursda tahsil olishi uchun yoʻllanma berildi va oʻzini oʻzi taʼminlashi uchun ishga joylashtirildi. Tuzalish yoʻliga oʻtgan yoshlar muddatidan ilgari probatsiya hisobidan yechildi. Ayrimlariga kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zaruriy buyumlar olib berildi. Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.
Sarvar SOBIROV,
“Postda” muxbiri.
