Samarqand tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabda «Yoshlar muammosi – jamiyat muammosi» degan tamoyil asosida tuman hokimi Sirojiddin Usmanov, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Sherzod Togʻayev va boshqa masʼul idoralar rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuv tumanning «Saxovat» mahallasida yashovchi Anvar Ashurovga oʻxshagan yigitlarga ayni muddao boʻldi. Chunki ishsizlik tufayli Anvarning roʻzgʻorida ham muammolar ancha yigʻilib qolgan edi. Shu bois, mazkur uchrashuv uning hayotida yangi imkoniyat eshigini ochdi. Unga tumandagi ishlab chiqarish korxonasiga ishga kirish uchun yoʻllanma berildi. 

Uchrashuvda har bir murojaat diqqat bilan tinglandi. Bu esa bir emas, bir necha yoshlar taqdiri oʻzgarishiga sabab boʻldi. Kimdir ishli boʻldi, boshqa birov kasb-hunar oʻrganish boʻyicha ustozga shogirdlikka biriktirildi. Va yana kimdir huquqiy bilimining yetishmasligi sababli qiynalib yurgan muammosining qonuniy yechimi boʻyicha maslahat oldi. Masalan, «Arabxona» mahallasida yashovchi Daler Hamroyev yer ajratib berilsa, bogʻdorchilik qilish istagi borligini bildirgandi. Davlat kadastrlari palatasining Samariand tumani filiali tomonidan uning murojaati oʻrganilib, amaliy yordam beriladigan boʻldi. 

Umida MAMADALIYEVA,

oʻz muxbirimiz.

Samarqand viloyati.