Kasb fidoyisi

Uchtepa tumani IIOFMB 3-sonli IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant Gulora Xudjayeva tinib-tinchimaydigan xodimlardan. U IIOFMB 3-son IIB hududida istiqomat qiluvchi jami 31 ming nafardan oshiq xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularni ish bilan taʼminlashda hamkor tashkilotlar vakillari bilan keng qamrovli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Intiluvchan, oʻz ustida ishlaydigan xodimaning yutuqlari ham shunga yarasha. U Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar ichki ishlar organlari yosh xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” koʻrik-tanlovida faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi. Bundan tashqari, “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovining vazirlik miqyosidagi bosqichida ham faol ishtiroki uchun munosib ragʻbatlantirilgan. Yaqinda boʻlib oʻtgan “ Namunali mahalla huquq tartibot maskanlari” koʻrik tanlovida “Eng faol xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

Qahramonimiz 1992-yilda tavallud topgan. Urganch davlat universitetining tarix fakultetini 2015-yilda bakalavr, 2018-yilda magistr bosqichini tamomlagan. 2020-yilda ichki ishlar organlaridagi faoliyatini boshlagan.

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.