Margʻilon shahar IIBda intizom oyligi “Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida oʻtkazilmoqda. Dastlab saf koʻrigi tashkil etilib, shaxsiy tarkibning tegishli vosita va hujjjatlari koʻzdan kechirildi. Yoʻriqnomalarda xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish, korrupsiya holatlariga murosasiz kurashish, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish kabi tushunchalar muntazam eslatib borilyapti.

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosar tomonidan xodimlarining xizmat xonalari va faoliyati oʻrganilib, tegishli yoʻriqnomalar berilyapti.

Bundan tashqari, xodimlarning shaxsiy va xizmat avtomobillari hujjatlari tekshirilib, yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarishlari uqtirilmoqda. Xodimlarning xizmat uylari, oilaviy sharoiti oʻrganilib, oila aʼzolari bilan suhbatlar ham tashkil etilmoqda.

Abduvosit SIDIQOV,

Oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.