Qarshi shahrida “Iqtisodiy mustaqillikdan – ijtimoiy faollik sari” mavzusida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Umida Abdullayeva, viloyat hokimining oʻrinbosari Ziyoda Aminova va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.
Yigʻilishda “Ayollar daftari” tizimi orqali 2020-2025-yillar oraligʻida viloyatda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Qayd etilishicha, 2020-2025 yillar davomida 412 ming 597 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Shundan 381 ming 968 nafar ayolga 390,4 mlrd soʻmlik yordam koʻrsatilgan. 224 ming 235 nafar ehtiyojmand ayol ish bilan taʼminlangan. 14 ming 559 nafar ayolga 180,2 mlrd soʻmlik imtiyozli kredit ajratilgan.
Eng muhimi, ushbu tizim ayollarning iqtisodiy mustaqillikka erishishi, jamiyatdagi ijtimoiy faolligining ortishida muhim oʻrin tutayotgani taʼkidlandi.
Tadbirda jamiyatda oʻz oʻrnini topgan, “Ayollar daftari”dan chiqqan yetakchi ayollar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Zamira Rustamova,
podpolkovnik
Qashqadaryo viloyati
