Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi aʼzolari 29-30 noyabr kunlari “Fargʻona” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash batalonida boʻlib, harbiy xizmatchilarning kundalik va jangovor xizmat faoliyatini oʻrgandi. Shuningdek, shaxsiy tarkib bilan profiklatik tadbirlar oʻtkazildi.
Oʻrganish jarayonida harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy maʼrifiy tayyorgarlik darajasi, shartnoma asosidagi va muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Mashgʻulotlarning sifatini oshirish, jangovar tayyorgarlik sinflarini zamonaviy vositalar bilan taʼminlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar berildi. Harbiy qism shaxsiy tarkibining axloqiy-ruhiy holatini oʻrganish maqsadida suhbat va anonim soʻrovlar ham oʻtkazildi.
Tadbir davomida Qurolli Kuchlar Akademiyasiga oʻqishga kirish boʻyicha targʻibot va tushuntirish ishlari olib borildi hamda nomzodlar roʻyxati shakllantirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
