Bugun Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyatida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganishni boshladi. Mazkur jarayonda qizil toifadagi mahallalar, voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar, sudlarda nizolashayotgan shaxslarning muammolarini aniqlash va hal qilish, kiberjinoyatlarning oldini olish va bu turdagi qonunbuzarliklarni “issiq izi”da fosh etish, fuqarobay ishlash, shaxsiy tarkibda xizmat va ijro intizomini mustahkamlash kabi bir qator masalalarga eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, qonunbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash borasida Buxoro tajribasini viloyatda qoʻllash choralari belgilanadi.
Viloyat IIBda sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari masʼullari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Tadbirda soha vakillarining joriy yilning oʻtgan davrida qonunbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatlarni fosh etish, qidiruvdagilarni ushlashga oid faoliyati tahlil etildi. Shundan soʻng huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishida aniqlangan kamchiliklar koʻrib chiqildi. Koʻtarilgan masalalar yuzasidan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi, general-mayor Davron Nazarmuxamedov chiqish qildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
