Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan ichki ishlar organlari xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularga qulayliklar yaratish borasida bir qator ishlar yoʻlga qoʻyilgan.
Jumladan, yaqinda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi, polkovnik I.Toʻxtasinov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Nukus halqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼoni shaxsiy tarkibi bilan oʻtkazilgan yigʻilish ham buning tasdigʻidir.
Unda harbiy intizomni mustahkamlash, xuquqbuzarliklar va jinoyatlarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan shart-sharoit va farzandlariga berilayotgan imkoniyatlar hamda qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish boʻyicha mutassaddi rahbarlarga topshiriqlar yuklandi.
Azamat PIRNIYAZOV,
“Postda” muxbiri.
