Jizzax shahrining Obod mahallasida yashovchi G.Gʻ. sobiq sinfdoshi, Sayiljoyi mahallasida yashovchi B.T.dan norozi boʻlib, ichki ishlar organlariga ariza yozdi. Maʼlum boʻlishicha, 2020-yilning noyabrʼ oyida B.T. maktabgacha taʼlim muassasasiga tarbiyachi lavozimiga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, G.Gʻ.dan 5 million soʻm pul olgan. Ammo erkak ahdida turmadi.
Sharof Rashidov tumani “Olmachi” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi J.E. esa respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga hamshiralikka ishga kiritib qoʻyishga soʻz berib, Jizzax shahrining Xayrobod mahallasida yashovchi S.Sh.dan 300 AQSh dollari olgan. Tanish vaʼdasida turmagach, jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga murojaat qildi.
Ikki holat yuzasidan ham jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
